
"Chelsi" sobiq futbolchisi Angliyaga qaytdi
"Spartak Moskva"ning sobiq futbolchisi Viktor Mozes Angliyaga qaytdi.
33 yoshli vinger erkin agent sifatida chempionship vakili sanalgan "Luton Taun" klubi bilan shartnoma imzoladi. Nigeriyalik futbolchi allaqachon Angliyaga etib kelgan. Ya’ni, u yangi jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish arafasid turibdi. xususan,
Futbolchi avval ham Angliya Premer-ligasida "Chelsi" va "Liverpul" safida o‘ynagan. O‘tgan mavsum oxirida esa "Spartak"ni tark etgan edi.
Eslatib o‘tamiz, "Luton Taun" chempionshipning ortda qolgan to‘rtta o‘yinidan so‘ng atigi bir ochkoga ega bo‘lib turibdi va turnir jadvalida ham shunga monand 24 jamoa orasida 23-o‘rinda ketmoqda.
Fikrlar