
"Chelsi" Sterlingdan qutulish haqida o‘ylamoqda
"Chelsi" vingeri Rahim Sterling mavsum oxirida transferga qo‘yilishi mumkin.
Yaqinda “aristokratlar” 100 million evro evaziga o‘z safiga ukrainalik yarim himoyachi Mixail Mudrini qo‘shib oldi. Football Insider xabariga ko‘ra, “Chelsi” rahbariyati "Shaxtyor"ning 22 yoshli vingerini muvaffaqiyatli transfer qilganidan so‘ng, yozgi transfer oynasida Rahim Sterlingni sotish haqida jiddiy o‘ylamoqda.
Qayd etilishicha, London klubi o‘tgan yoz “Manchester Siti”dan 56,2 million evroga sotib olgan 28 yoshli angliyalik futbolchining o‘yinlaridan u qadar ham qoniqish xosil qilmayapti. Transfermarkt portali Sterlingni 70 mln evroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, Raxim Sterling joriy mavsum "Chelsi" safida jami 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar