"Chelsi" super hujumchini kutyapti

  • 23 oktabr, 2020, 19:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Yozgi transferlar mavsumi muvaffaqiyatli yakunlagan “Chelsi” xo‘jayini Roman Abramovich o‘z klubini yanada kuchaytirishda davom etadi.

Buning uchun londonliklar o‘z safiga “Yuventus” yulduzi Paulo Dibalani qo‘shib olmoqchi. Argentinalik to‘purarning Turindagi ishlari yurishmay qoldi. Klub rahbariyati hujumchi talab qilayotgan maoshni bermoqchi emas. Shu bois yangi bitim bo‘yicha bir qarorga kelingani yo‘q.

Undan tashqari, yangi bosh murabbiy Andrea Pirlo jamoaga Alvaro Moratani qaytardi va asosan unga ishonch bildirmoqda. Ispaniyalik forvard bunga o‘z gollari bilan javob bermoqda.Klubdagi holatidan norozi bo‘layotgan Dibala buni rahbariyatga ham ma’lum qildi.  

“Chelsi” esa, iste’dodli hujumchini imkon qadar tezroq qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!