
“Chelsi” Tuxel olib kelgan yulduzlarni ko‘chaga haydayapti
“Chelsi”ning hozirgi bosh murabbiyi Grem Potter avvalgi murabbiy Tomas Tuxel tanlovi bilan o‘tgan yozda klubga olib kelingan futbolchilar bilan xayralashadigan bo‘ldi.
Murabbiylar shtabi bundan buyon hujumkor futbolchi Rahim Sterling, forvard Per-Emerik Obameyang va himoyachi Kalidu Kulibaliga imkoniyat bermoqchi emas. Bundan kelib chiqib, klub mutasaddilari uchala o‘yinchini transferga qo‘yadi.
Grem Potter rahbariyatni yangi loyihani yosh, tezkor, baquvvat va iste’dodli yosh futbolchilar yordamida amalga oshirmoqchi ekani haqida ogohlantirdi.
Bosh murabbiy harchand mashhur bo‘lmasin, yulduzli onlari ortda qolgan va yangi g‘alabalarga ishtiyoqi bo‘lmagan futbolchilardan voz kechish kerak, degan fikrni olgari surmoqda.
Fikrlar