"Chelsi" va MYu yozda "Borussiya" futbolchisi uchun kurashishadi
"Chelsi" va "Manchester Yunayted" yozgi transfer oynasi vaqtida "Borussiya Dortmund" yarim himoyachisi Jeydon Sanchoni qo‘lga kiritish niyatida.
Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi yozda ushbu klublarning eng asosiy xaridlaridan biri bo‘lishi mumkin, deya xabar bermoqda Britaniya matbuoti.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq futbolchi uchun uning sobiq klubi "Manchester Siti" tomonidan ham qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar