
“Chelsi” va MYuning taklifi o‘tmadi
“Chelsi” va “Manchester Yunayted” kabi jamoalar nishonida turgan “Atletiko” darvozaboni Yan Oblak kelajakdagi faoliyati uchun muhim qaror qabul qildi.
27 yoshli sloveniyalik golkiper kutilmaganda “Atletiko” bilan uzoq muddatli bitim tuzishga rozilik berdi. Avvalroq, uning o‘zi sovrinli o‘rinlarni uchun kurashadigan qudratli jamoalarda to‘p surish istagini bildirgan edi.
O‘tgan mavsumda Yan Oblak La Ligada 28 ta uchrashuvdan 17 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Fikrlar