
"Chelsi" xavbeki Lemparddan norozi bo‘lmoqda
Yarim himoyachi Jorjino joriy mavsum yakunida "Chelsi"ni tark etishi mumkin.
Futbolchi mavsum restaridan so‘ng maydonga deyarli tushmayotganidan norozi bo‘lmoqda.
Vaziyatdan esa "Yuventus" klubi foydalanib qolmoqchi. Turinliklar bosh murabbiyi Mauritsio Sarri xavbekning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Goal.com nashri ma’lumotiga ko‘ra, ushbu transferning mavsumlar oralig‘ida amalga oshishi oson bo‘lmasligi mumkin, chunki londonliklar Jorjinoning transferi uchun taxminan 57 million funt talab qilishi kutilmoqda.
Fikrlar