"Chelsi" yangi vinger transferi bo‘yicha hali hamon kelisha olmadi

  • 8 iyun, 15:36
  • Bilolbek Imomov
  • 0
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi hali ham “Borussiya Dortmund” bilan qanot hujumchisi Jeymi Gittensning transferi bo‘yicha tovon puli masalasida kelishuvga erisha olmayapti.

Tecno

Jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, "arilar" ingliz futbolchisi uchun 60 million evro talab qilmoqda. Eslatib o‘tamiz, "Chelsi"ning oxirgi taklifi 35 million evro edi. Entso Mareska boshchiligidagi jamoa Dortmund klubi talablarini qondirishga rozi bo‘lishi yoki bo‘lmasligi hozircha noma’lum. Gittens ilgari "aristokratlar"ning yana bir yangi transferi Liam Delap singari "Manchester Siti" akademiyasida ta’lim olgan. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 20 yoshli futbolchi yakunlangan mavsumda 48 ta uchrashuvda ishtirok etib, 12 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning Transfermarkt portalidagi narxi 50 million evro deb baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!