"Chelsi" yarimhimoyachisini 140 mln yevroga sotmoqchi
Jurnalist Ekrem Konuning yozishicha, "Chelsi" rahbariyati ehtimoliy kelishuv qiymatini taxminan 140 million yevro atrofida baholamoqda. Agar klub shunday miqdorda taklif olsa, londonliklar futbolchini sotish variantlarini ko‘rib chiqishga tayyor.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Fernandesga da’vogarlik qilayotgan klublar orasida "Manchester Siti" ham bor. Shuningdek, "shaharliklar" "Chelsi"ning yana bir o‘yinchisi — himoyachi Malo Gyustoga ham qiziqish bildirmoqda. Ikki futbolchining ehtimoliy transferi "Manchester Siti"ga jami taxminan 228 million yevroga tushishi mumkin.
O‘tgan mavsumda Fernandes barcha musobaqalar doirasida 54 o‘yinda maydonga tushdi. Argenalik yarim himoyachi 15 ta gol urdi va 7 marta jamoadoshlariga golli pas yo‘lladi.

Fikrlar