"Chelsi" yozgi transferlar uchun 270 mln evro tayyorlab qo‘ydi. Lempard bu pullarga kimlarni sotib olmoqchi?

  • 17 aprel, 2020, 10:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi mavsumlar oralig‘ida amalga oshirishni ko‘zlayotgan transferlari borasida yakuniy qarorga keldi. Mundo Deportivo nashrining yozishicha, “aristokratlar” ushbu xaridlar uchun 270 million evro ajratishgan.

Tecno

"Chelsi" yozda darvozabon Janluiji Donnarumma ("Milan"), himoyachi Alessio Romanoli ("Milan"), yarim himoyachi Filippe Koutino ("Barselona") va hujumchi Timo Vernerni ("RB Leyptsig") tarkibga jalb etishni rejalashtirmoqda.

Ta’kidlash kerakki, “rossonerilar”ning ikki a’zosi 130 mln evroga, Koutino 80 mln va Verner esa 60 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!