
“Chelsi” yulduzi: “Siti”ga o‘tib ketishimga sal qolgan
“Chelsi” va Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Jorjino 2018 yilda “Manchester Siti”ga o‘tish imkoniga ega bo‘lgani haqida gapirib berdi.
- Bu transfer amalga oshishi kerak edi, lekin bunday bo‘lmadi. Futbolda bunaqasi uchrab turadi. Hozir esa, “Chelsi”da ekanimdan baxtiyorman. Bu katta klub va ichki muhit a’lo darajada. Har kim o‘z ishi bilan shug‘ullanadi va shuning uchun ishlar yaxshi ketyapti, - dedi Jorjino.
Jorjino “Chelsi”ga 2018 yili “Napoli”dan o‘tgan edi. Ayni paytda u o‘z pozitsiyasida dunyoning eng zo‘r o‘yinchilaridan biri hisoblanadi.
Fikrlar