"Chelsi" yulduzi Xabi Alonso tufayli jamoani tark etadi

  • 03.09.2026 19:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliyalik futbolchining kelajagi savol ostida.

«Chelsi»ning yosh vingeri Estevao yaqinlariga yangi bosh murabbiy Xabi Alonso qo‘l ostida yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasligidan xavotirlanayotganini aytgan. Bu haqida ESPN xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, braziliyalik futbolchi markazda hujumkor yarim himoyachi sifatida to‘p surishni istaydi. Ammo unga qanot himoyachisi sifatida maydonga tushish taklif etilmoqda. Bu pozitsiyada u jamoadoshi Pedru Netu bilan asosiy tarkib uchun jiddiy raqobat olib borishiga to‘g‘ri keladi.

Estevao shuningdek, ushbu rol uchun zarur bo‘lgan mushak massasini oshirish talabi uning tezkorligi va maydondagi harakatchanligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan qo‘rqmoqda.

Shu bilan birga, xabarda qayd etilishicha, Estevao hozircha «Chelsi»da o‘zini baxtli his qilmoqda va klubni tark etish niyati yo‘q. 

Biroq agar unga berilgan o‘yin daqiqalari sezilarli darajada kamayса, futbolchi qishki transfer oynasida jamoani almashtirish haqida o‘ylab ko‘rishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!