
“Chelsi” zo‘rg‘a olgan futbolchisidan osongina qutilmoqchi
“Chelsi” rahbariyati o‘tgan yozda bir necha klub bilan raqobatda g‘olib chiqib, o‘z tarkibiga qo‘shib olgan Hakim Zieshdan tezroq qutilishga qaror qildi. “Ayaks”dan olib kelingan marokashlik futbolchi mavsum yakunlanishi bilan sotib yuboriladi.
London klubi futbolchilarga to‘lanayotgan maoshlar miqdorini kamaytirish maqsadida yozda bir necha o‘yinchilardan voz kechadigan bo‘ldi. Hakim Ziesh bilan birga jamoani o‘tgan mavsumda porlagan hujumchi Temmi Abraxam va frantsiyalik yarim himoyachi Temue Bakayoko ham tark etishi kerak.
Zieshning “Chelsi” bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyunigacha davom etadi. Joriy mavsumda marokashlik yarim himoyachi 29 ta uchrashuvda to‘rtta gol urib, jamoadoshlariga to‘rtta golli pas uzatdi.
Ziyosh Niderlandiyada “Xerenven”, “Tvente” va “Ayaks” sharafini himoya qilgan. Marokash terma jamoasi safida 35 ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga 17 ta gol urgan.
Fikrlar