Niderlandiya qarshi oʻrtoqlik uchrashuvi uchun qancha summa toʻlayapmiz?
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xalqaro aloqalar bo‘limining sobiq rahbari Sherzod Igamberdiev terma jamoaning o‘rtoqlik uchrashuvlari va agentlarga to‘langan mablag‘lar haqida ijtimoiy tarmoqlarda yozdi.
"Kamerun, Kosta-Rika, Boliviya, Venesuela, Rossiya, AQSh, Meksika, Urugvay va Kanada terma jamoalariga qarshi o‘yinlar uchun bizning tomondan agentlarga bir dollar ham to‘lanmagan.
Aksincha, ushbu yillar davomida assotsiatsiya byudjetiga 525 ming dollar tushum kelib tushgan. Bundan tashqari, biz ovqatlanish va yashash uchun ham mablag‘ to‘lamaganmiz — bularning barchasi bepul ta’minlangan", — dedi u.
Shuningdek, Igamberdiev Niderlandiyaga qarshi yopiq o‘yin uchun 300 ming dollar to‘layotganimiz ham ma’lum qildi.
"Biz, Jahon chempionati ishtirokchilari Niderlandiyaga qarshi yopiq o‘yin uchun 300 ming dollar to‘layapmiz.
Niderlandiya nima uchun Urugvay (ular bizga 180 ming AQSh dollar to‘lagan), AQSh, Meksika yoki Kamerundan yaxshiroq? Nega qur’a tashlash paytida agentsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishib bo‘lmasdi? Nega agentga pul to‘lash kerak?" — deya yozdi u.

Fikrlar