“Chelsi” zo‘rg‘a olgan futbolchisini tezda ortga qaytarib yuboradi
Angliya klublari bir necha mavsum davomida “Napoli” himoya chizig‘i etakchisi bo‘lgan Kalidu Kulibali uchun kurash olib borgan edi. O‘tgan yili “Chelsi”ning omadi chopib, senegallik futbolchini transfer qilishni uddaladi.
“Aristokratlar” himoyachi uchun ancha katta summa – 40 million evro to‘lagan edi. Biroq, Kulibalining Angliya Premer-ligasidagi debyut mavsumini londonliklarni qoniqtirgani yo‘q.
Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, “Chelsi” Kulibalini Italiya chempionatiga qaytarib yubormoqchi. Ayni paytda “Yuventus” tajribali o‘yinchiga xaridor bo‘lyapti.
“Chelsi” ingliz futboliga moslasha olmagan 31 yoshli himoyachi o‘rniga yozda yosh, tezkor va chaqqon boshqa futbolchi olib kelishni ko‘zlamoqda.



Fikrlar