
“Chelsi”dan haydalgan Pochettinoga darrov superklubdan ish topildi
“Chelsi” rahbariyati bosh murabbiy Maurisio Pochettinoni iste’foga chiqargan edi.
Argentinalik mutaxassis ishsiz qolmaydigan bo‘ldi. Jurnalist Devid Ornshteynning yozishicha, Pochettinoni “Manchester Yunayted” o‘ziga bosh murabbiy qilib olishga urinmoqda.
Manchesterliklar birinchi navbatda, hozirgi bosh murabbiy Erik ten Xag masalasini hal qilib olishi kerak. Agar niderlandiyalik tez orada ishdan olinadigan bo‘lsa, uning o‘rniga Maurisio Pochettino taklif etilishi rejalashtirilmoqda.
Manbaga ko‘ra, manchesterliklar anchadan beri 52 yoshli mutaxassisni jamoaga olib kelishni o‘ylab yurgan ekan.
Maurisio Pochettino avval “Tottenxem”da muvaffaqiyatli ishlagan. Biroq o‘tgan yili “Chelsi”ni qabul qilib olgan murabbiyning ishlari yurishmadi. Uning qo‘l ostida “aristokratlar” barcha turnirlarda 51 ta o‘yin o‘tkazib, 27 ta g‘alaba, o‘nta durang va 14 ta mag‘lubiyat qayd etdi.
Fikrlar