
“Chelsi”dan haydalgan Tuxel Angliyaga bormaydi
The Telegraph nashri “Chelsi”dan iste’foga chiqarilgan Tomas Tuxel Angliya premer-ligasida ishlash imkoniyatidan foydalanmagani haqida yozmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, nomi sir tutalayotgan ikkita klub germaniyalik mutaxassisga Angliya premer-ligasiga qaytish taklifi bilan chiqqan. Biroq, Tomas tuxel bu chorlovlarni qabul qilmadi.
Tomas Tuxel yaqinda agar o‘ziga mos loyiha taklif etiladigan bo‘lsa, murabbiy faoliyatini tiklashga tayyor ekanini bildirgandi.
49 yoshli mutaxassis murabbiy sifatida “Maynts”, “Borussiya Dortmund”, PSJ va “Chelsi”da ishlagan.
Fikrlar