
"Chelsi"ga Italiya terma jamoasi darvozaboni kerak
Londonning "Chelsi" klubi "Milan" darvozaboni Janluiji Donnarummani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
The Express nashrining yozishicha, “aristokratlar” vakillari allaqachon bu masala yuzasidan italiyalik posbonning agenti Mino Rayola bilan aloqaga chiqishgan.
Ayni damda Donnarumma “rossonerilar” bilan 2021 yilga qadar imzolangan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Ma’lumot uchun, Janluiji Donnarumma asli “Napoli” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “Milan” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning ayni damdagi transfer narxi esa 55 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar