"Chelsi"ga qarshi o‘yin oldidan "Real" muxlislari uchun 3 ta xushxabar! (qaydnoma)

  • 4 may, 2021, 20:40
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugundan Evropa Chempionlar Ligasi yarim final bosqichi javob uchrashuvlariga start beriladi. 4-dan 5 aprelga o‘tar kechasi 00:00 da start oladigan "Manchester Siti" - PSJ o‘yini birinchi finalchi nomiga oydinlik kiritib beradi.

Tecno

Oradan 24 soat o‘tib, Londonda ikkinchi finalchi aniqlanadi. EChL g‘olibligi bo‘yicha rekordchi "Real" "Chelsi" maydoniga safar qiladi. Tomonlarning Madriddagi to‘qnashuvida jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekkandi.

"Qirollik klubi" bosh murabbiyi Zinedin Zidan mazkur bahs uchun qaydnomani e’lon qildi. Undan 23 nafar futbolchi o‘rin egallagan. Ushbu ro‘yxatga jarohatidan forig‘ bo‘lgan Ramos va Mendi, shuningdek, koronavirus tufayli izolyatsiyaga olingan Valverde qaytdi.

Bir necha kun oldin jarohat olgani ma’lum bo‘lgan Rafael Varan jamoasiga yordam bera olmasligi oydinlashdi. "Chelsi" - "Real" uchrashuviga doir barcha yangiliklarni saytimiz orqali kuzatib boring.

che - Real qaydnoma

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!