"Chelsi"ning Abramovichdan keyingi xo‘jayinlari transferlar uchun qancha mablag‘ sarfladi?

  • 1 fevral, 2023, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Todd Bouli boshchiligidagi yangi xo‘jayinlar qo‘l ostida "Chelsi"ga 16 nafar yangi o‘yinchi keldi.

Tecno

London klubining navbatdagi transferi 22 yoshli yarim himoyachi Entso Fernandes bo‘ldi. "Chelsi" uning transferi uchun "Benfika"ga 121 million evro to‘laydi.

Umuman olganda, londonliklar yangi rahbariyat boshqaruvi davrida ehtimoliy bonuslar va ijara to‘lovlarini (539,3 million qat’iy to‘lovlar, 55 million mumkin bo‘lgan bonuslar, Joao Feliks va Denis Zakariyaning ijarasi uchun 13 million funt) hisobga olgan holda transferlarga taxminan 607,3 million funt sterling sarflashdi.

"Chelsi" ushbu mablag‘larga Entsodan tashqari Malo Gyusto, Noni Madueke, Mixail Mudrik, Uesli Fofana, Mark Kukurelya, Raxim Sterling, Kalidu Kulibali, Benua Badyashilya, Karni Chukvuemeku, Per-Emerik Obameyang, Davida Fofana, Andrey Santos, Joau Feliks, Gabriel Slonina va Denis Zakariyani o‘z safiga qo‘shib oldi.

Ta’kidlash kerakki, birgina qishki transfer oynasining o‘zida “Chelsi”ga 8 nafar yangi futbolchi qo‘shildi.

Ma’lumot uchun, “Chelsi” ayni damda Premer-liga musobaqa jadvalida 29 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!