"Chelsi"ning vaqtinchalik bosh murabbiyi: "Men hozir o‘ta muhim jamoadaman"

  • 4 aprel, 2023, 16:28
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Chelsi" yaqinda bosh murabbiy Grem Potterni iste’foga chiqarganidan xabaringiz bor. Ayni paytda futbolchilarni vaqtincha muddatga Bruno Saltor shug‘ullantirmoqda.

Mutaxassis bugun tunda bo‘lib o‘tadigan "Liverpul"ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Mening vazifam - klubni "Liverpul"ga qarshi o‘yinga munosib tayyorlash. Bor kuchimiz bilan ishlashimiz kerak. Nafaqat men, balki "Chelsi"dagi barcha inson eng yaxshi holatida ish olib borishi lozim.

Men hozir o‘ta muhim jamoadaman. Buni tushungan tarzda mas’uliyat bilan ish olib borishga harakat qilamiz", - dedi mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!