"Chelsi"ning yangi xo‘jayini AQSh yoki Osiyodan bo‘lishi mumkin

  • 15.04.2019 11:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyalik milliarder Roman Abramovich yaqin orada o‘ziga tegishli bo‘lgan "Chelsi" klubini sotib yuborishi mumkin.

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra AQSh va Osiyodan 2ta yirik moliyaviy kompaniya 2,9 milliard evroga baholanayotgan London klubini sotib olishga tayyorligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Chelsi”ni Buyu Britaniyaning eng boy insonlaridan biri hisoblangan Jim Retkliff sotib olish istagini bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq u birgina jamoa uchun bu qadar katta mablag‘ sarflashni xohlamayapti.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning may oyida Abramovichga Britaniya vizasini berishmagan edi va shundan buyon u "Chelsi" o‘yinlariga kela olmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!