
Chempionatni mag‘lubiyatsiz yakunlagan nechta jamoa borligini bilasizmi?
Bundesligada “Bavariya”ning o‘n yillik gegemonligiga barham bergan “Bayer” tarixiy chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Birinchidan, leverkuzenliklar o‘z tarixida ilk bor Germaniya chempioni, degan nomga sazovor bo‘ldi.
Ikkinchidan Xabi Alonso shogirdlari ligani mag‘lubiyatsiz yakunladi. Bu Bundesliga tarixida ilk bor kuzatilmoqda. “Dorishunoslar” 34 ta o‘yindan 28 tasida zafar quchdi va oltita uchrashuvda raqib bilan ochko bo‘lishdi.
Statistika mutaxassislari ma’lumotiga ko‘ra, XXI asrda “top-5” chempionatlarida faqatgina uchta jamoa mag‘lubiyatsiz o‘yin namoyish qilgan.
2003-2004 yilgi mavsumda “Arsenal” Angliya Premer-ligasining 38 ta bellashuvidan 26 tasida g‘olib chiqqan, 12 marotaba durang qayd etgan.
Yana bir mag‘lubiyatsiz ko‘rsatkichni 2011-2012 yilgi mavsumda “Yuventus” namoyish etgandi. O‘shanda turinliklar 38 ta o‘yindan 23 tasida g‘alaba qozongan va 13 ta bellashuvda durangga rozilik bergan.
Fikrlar