Chempionlar ligasi pley-offida ishtirok etadigan 15 ta klub aniq bo‘ldi
UEFA Chempionlar ligasining 2025/2026 yilgiy mavsumi umumiy bosqichining 7-turi yakunlandi. Ushbu tur natijalariga ko‘ra, 15 ta klub turnirning top-24 jamoasi qatoriga kirib, pley-off yo‘llanmasini kafolatladi.
Pley-offga chiqqan jamoalar quyidagilar: "Arsenal", "Bavariya", "Real", "Liverpul", "Tottenxem", PSJ, "Nyukasl", "Chelsi", "Barselona", "Sporting", "Manchester Siti", "Atletiko", "Atalanta", "Inter" va "Yuventus".
Qayd etish joizki, "Arsenal" va "Bavariya" allaqachon 1/8 finalga chiqishni ham ta’minlab bo‘lgan. Londonliklar jadvalda ikkinchi o‘rindan, myunxenliklar esa to‘rtinchi o‘rindan pastga tushmaydi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi 8-tur uchrashuvlari 28 yanvar, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar