Chempionlar ligasida hafta futbolchisini aniqlanmoqda

  • 08.04.2021 11:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Joriy hafta UEFA Chempionlar ligasida chorak finalning dastlabki uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Tashkilot rasmiy sayti esa musobaqaning ushbu haftadagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Kilian Mbappe (PSJ), Vinisius Junior ("Real"), Kevin De Bryuyne ("Manchester Siti") va Jorjino ("Chelsi") nomzodlar orasida qayd etildi.

Mbappe "Bavariya"ga (3:2) qarshi safardagi o‘yinda dubl qayd etgan bo‘lsa, Vinisius "Liverpul" (3:1) darvozasini ikki bor aniq nishonga oldi. De Bryuyne "Borussiya"ga (2:1) qarshi o‘tgan qiyin o‘yinda 81 foiz aniq to‘p uzatmalarini amalga oshirdi va jamoasining bitta goliga assistentlik qildi. Jorjino ham "Portu"ga (2:0) qarshi bellashuvda golli uzatmaga mualliflik qildi va 94 foiz uzatmalarni aniq amalga oshirdi.

Ovoz berish jarayoni UEFA rasmiy saytida davom etmoqda. Quyidagi havola orqali siz ham ovoz berish jarayonida ishtirok etishingiz mumkin>>>

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!