Chempionlar ligasidan chiqib ketgan “Atletiko” katta transferga qo‘l uradi

  • 14 mart, 11:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Atletiko” futbolchilari bu yil Evropa Chempionlar ligasi nimchorak final uchrashuvida o‘z hamshaharlari – “Real” to‘sig‘idan o‘ta olmadi.

Shundan so‘ng, klub direktorlar kengashi kelasi mavsum oldidan jamoaning hujumkorlik salohiyatini oshirishga qaror qildi. Mutasaddilar bu vazifani “Manchester Yunayted”ga kerak bo‘lmay qolgan iste’dod egasi Alexandro Garnacho yordamida amalga oshirmoqda.

“Atletiko” ustozi Diego Simeone argentinalik futbolchining iqtidorini juda yuqori baholamoqda. Tajribali murabbiy Garnacho uchrashuv taqdirini jamoa foydasiga hal qila oladigan darajada iste’dodli ekaniga ishonyapti.

Manchesterliklar ham Garnachoni klub kelajagi sifatida bilardi. Lekin jamoani Ruben Amorim qabul qilib olganidan keyin Alexandroning ishlari yurishmay qoldi. Endi “Yunayted” bu o‘yinchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Madridliklar esa, Garnacho atrofidagi vaziyatdan unumli foydalanib qolmoqchi.  Hujumkor futbolchi hozirgi jamoasida 43 ta uchrashuv o‘tkazib, sakkizta gol va ettita assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!