
Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purari va assistenti aniqlandi
O‘tgan Chempionlar ligasi musobaqasining eng samarali hujumchilari "Barselona"dan Rafinya va Dortmundning "Borussiya"sidan Seru Girassi bo‘ldi - ular 13 tadan gol urdilar.
Turnirning eng yaxshi assistenti 9 ta gol uzatmasi bilan "Barselona" hujumchisi Rafinya bo‘ldi.
Darvozabonlar orasida eng ko‘p "quruq" o‘yin o‘tkazgan futbolchi "Inter"ning a’zosi Yan Zommer bo‘ldi - shvetsariyalik posbon 7 ta o‘yinda darvozasini bot qoldirdi.
Ma’lumot o‘rnida, Luis Enrike boshchiligidagi PSJ klubi esa tarixda birinchi marta Chempionlar ligasining g‘olibi bo‘ldi.
Fikrlar