
Chery va DeepSeek: Aimoga robotlari uchun sun’iy idrok sohasida yangi strategik hamkorlik
2025-yil 5-fevralda Figure asoschisi va bosh direktori Brett Adcock OpenAI bilan hamkorlikni tugatishini e’lonqildi. Gumanoid robototexnika sohasidagi yetakchi Figure moslashuvchanlik, xarajatlarni kamaytirish va yangi rivojlanish strategiyalari yo‘lida ushbu qadamni qo‘ydi. Shu bilan birga, DeepSeek – sun’iy idrok sohasidagi yosh, ammo intiluvchan kompaniya – innovatsiyalarning yangi to‘lqinini boshlab, neyron tarmoqlarini o‘qitishni arzonlashtirish bo‘yicha inqilobiy yondashuvi bilan e’tiborni tortdi.
Ushbu yo‘nalishning istiqbolli ekanligini anglagan holda, Chery Aimoga robotlarini ishlab chiquvchilahning R&Djamoasi Aimoga robotlarining ovozli tarzda o‘zaro aloqasinitakomillashtirish uchun DeepSeek ilg‘or sun’iy idrok (SI) modellarini tezkor ravishda integratsiya qilishdi. Ushbu qadam Chery kompaniyasining sun’iy idrok bilan ishlash bo‘yicha 15 yillik tajribasiga asoslangan intellektual rivojlanish strategiyasida muhim bosqich bo‘ldi. Kompaniya Lion Intelligent Cockpit Large Model intellektual kokpitining muvaffaqiyatiga tayanib, o‘z mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda.
Texnologik burilish: SI ekotizimini qayta anglash
Sun’iy idrok sohasidagi global raqobat sharoitida Chery Aimoga robototexnika jamoasi DeepSeek’ning asosiy afzalligi –uning tejamkorligini qayd etdi. DeepSeek modellarini o‘qitish narxi atigi $5,57 millionni tashkil etmoqda, bu OpenAI’ning shunga o‘xshash xarajatlaridan 10 baravar past ekanligini ko‘rsatdi. DeepSeek NVIDIA H800 protsessorlaridan foydalanadi va MIT protokoliga muvofiq o‘z modellari va loglarining to‘liq shaffofligini ta’minlaydi.
Bunday tejamkor va ochiq yondashuv Cherykompaniyasining R&D falsafasi – "barchaning farovonligiuchun texnologiyalar"ga to‘liq mos keladi. Bugungi kunda Chery Aimoga robotlari bulutli platformaga integratsiya qilingan DeepSeek V2, V3 va R1 modellari bilan ishlaydi. Ushbu texnologiyalar Chery 4S avtosalonlari uchun robotlarningmarketing tizimlarida qo‘llaniladi.
Strategik rejalashtirish: Chery’da sun’iy idrokni 15 yil rivojlanishi
Chery 10 yildan ortiq vaqt davomida SI texnologiyalarinirivojlantirib kelmoqda. 2010-yildan beri kompaniya Baidu va iFlytek kabi sohaning yetakchi vakillari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. 2018-yilda u CheryLion – intellektual texnologiyalar tizimini ishga tushirdi, 2020-yilda esa odamsimon robotlar sohasida tadqiqotlarni boshladi. Buning natijasida Aimoga brendi yaratildi va 2023-yilda birinchi prototiplar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. DeepSeek bilan hamkorlik – bu yo‘lning mantiqiy davomi hisoblanadi.
2024-yilda Chery Aimoga robotlarini ommaviy ishlabchiqarishga 100 million yuan sarmoya kiritib, sun’iy idroksohasidagi mavqeini mustahkamladi. DeepSeek bilan integratsiya kompaniyaga nafaqat robotlarning ovozli o‘zaro aloqasini yaxshilash imkonini berdi, balki Chery’ning yopiq texnologik platformani emas, balki ochiq ekotizimni yaratish bo‘yicha strategik yo‘nalishini belgiladi.
Global istiqbollar: robototexnikadan boshlab, intellektual harakatchanlikkacha
Chery ketma-ket 22 yil davomida Xitoyda avtomobil eksporti bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. 2024-yilda kompaniya rekord darajadagi sotuv hajmiga erishdi – 2 603 916 donaavtomobil, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 38,4 foizga ko‘pdir. Eksport 1 144 588 donani tashkil etishi, (+21,4 foiz)Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari uchun yangi yo‘nalishga aylandi. Bugungi kunda Chery mahsulotlari 80 dan ortiq mamlakatlarda, shu jumladan 10 dan ortiq Yevropa bozorlarida taqdim etilgan, Fortune Global 500 ro‘yxatiga kirishi esa uning intellektual texnologiyalarni rivojlantirishdagi muvaffaqiyatli yutuqlari bilan bog‘liq qudratini tasdiqlaydi.
Chery Aimoga R&D jamoasining xabar berishicha, 2025-yilning birinchi yarmida Chery tashqi bozorlarda odamgao‘xshash robotlarni sotishni boshlashni rejalashtirmoqda. Dastlab ushbu robotlar avtomobillarni sotishda yordam berish uchun ishlatiladi.
Chery inson, robot va avtomobil o‘zaro aloqaqiladigan mobillikning aqlli ekotizimini yaratish uchun Internet texnologiyalari va avtomobil intellektini birlashtirishni rejalashtirmoqda. Bu kompaniyaning intellektual texnologiyalar uyi bo‘lishning uzoq muddatli maqsadiga mos kelishi, uni SI dunyosida novator sifatidagi mavqeini mustahkamlaydi.
O‘zbekistondagi Chery avtomobil brendining rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan Chery avtomobillarining xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan cheryauto.uz saytida tanishish mumkin.









Chery Uzbekistan rasmiy sahifalari:
Doimiy aloqa telefoni: +998 71 276 55 55
Website: https://cheryauto.uz
Instagram: https://www.instagram.com/cheryuzbekistan/
Telegram: https://t.me/cheryuzbekistan
Telegram-bot: https://t.me/cheryuzbekistanbot
Facebook: https://www.facebook.com/CheryUzbekistan
YouTube: https://www.youtube.com/@cheryuzbekistan
Фикрлар