
Chimi yangilangan "Milliy" stadion KXDR va Suriyaga qarshi o‘yinga tayyor
Poytaxtimizda joylashgan "Milliy" stadionning chimini yangilash ishlari olib borilayotgani haqida avval xabar berib o‘tgandik. O‘zbekiston futbol assotsiyasi buyurtmasiga asosan Turkiyaning "Iren"kompaniyasi tomonidan stadion chimi zamonaviy talabga javob beradigan darajaga olib kelindi.
O‘FA rasmiy saytining xabar berishicha bugun O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi hamda Pro-liganing "Rubin" jamoasi o‘rtasidagi o‘yin orqali maysaning birinchi testi o‘tkazildi. 10 kundan so‘ng ikkinchi sinov amalga oshiriladi.
Xabaringiz bor, iyun oyida O‘zbekiston milliy terma jamoasi KXDR va Suriya terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi. Mazkur o‘yinlar "Milliy" stadionda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu sababdan ham maydon maysasini sinovdan o‘tkazish jarayonida milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper, shuningdek, Olimpiya terma jamoasi ustozi Lyubinko Drulovich hamda O‘FA mutasaddilari ishtirok etishdi.
Fikrlar