Chirchiqda Konstitutsiyaga bag‘ishlab, kurash bo‘yicha ochiq chempionat o‘tkazildi

  • 8 dekabr, 2023, 22:07
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan 6 dekabr kuni Chiroqchi tuman sport maktabida kurash bo‘yicha 2010-2011 hamda 2012-2013 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida sport maktabi ochiq chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Qashqadaryo viloyat Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi hamda Chiroqchi tuman sport maktabining yillik-taqvim rejasidagi mazkur ochiq chempionatda viloyatning Yakkabog‘, Ko‘kdala, Shahrisabz, Qamashi kabi o‘ntaga yaqin tuman va shaharlaridan 200 nafardan ortiq yosh kurashchilar 16 ta vazn toifalarida kuch sinashishdi.

Tecno

Murosasiz o‘tgan ushbu musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra, mezbonlardan iborat kurashchilar eng ko‘p medallarni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli birinchi o‘rinni band etishdi. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!