
Chiroqchida belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi
Joriy yilning 3-5 may kunlari Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tuman sport maktabida belbog‘li kurash bo‘yicha 2011-2013 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bellashuvlariga bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasining yillik taqvim-rejasidagi mazkur musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 320 nafar yosh polvonlar belbog‘li kurashning belbog‘li kurash va erkin yo‘nalishida o‘z vazn toifalariga ko‘ra g‘oliblik uchun kurash tushishdi. Chempionatning birinchi kunida dastlab, musoboqaning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Ochilish marosimida so‘z olgan Chiroqchi tuman hokimi Fayzulla Yusupov, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov hamda viloyat belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Farhod Jumanovlar mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga, xususan, milliy sport turlarimizga qaratilayotgan yuksak e’tibor xususida ta’kidlab, musobaqa ishtirokchilariga omad tilashdi.
Shundan so‘ng musobaqa reglamentiga muvofiq, o‘g‘il bolalar belbog‘li kurashning klassik yo‘nalishida 13 ta vazn toifasida, qizlar esa erkin yo‘nalishda 9 ta vazn toifasida bellashuvlarga kirishdi
Ta’kidlash joiz, musobaqa murosasiz va keskin kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Ayniqsa, qashqadaryolik qizlar jamoasining chiqishlari muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldi. Jumladan, Chiroqchi sport maktabi murabbiyi Oloviddin Alhamovning shogirdlari Ruhshona Alhamova R (52 kg.), Rayona Baxromjonova (40 kg.), murabbiy Shuhrat Orolovning shogirdi Sarvinoz Oltiboevalarning barcha raqiblarini tezkorlik bilan mag‘lubiyatga uchratib, chempionlikni qo‘lga kiritishi belbog‘li kurash mutaxassislar tomonidan e’tirofga loyiq deb topildi.
Ikki kun davom etgan bellashuvlarda quyidagi sportchilar oltin medalllarga sazovor bo‘ldi.
O‘g‘il bolalar (belbog‘li kurash yo‘nalishi):
24 kg. Omadbek Odiljonov (Namangan)
27 kg. Mu’injon Ahmadjonov (Andijon)
30 kg. Isoxon Muhammadaliev (Namangan)
33 kg.Sherdor Rasuljonov (Namangan)
36 kg. Lazizbek Jumanazarov (Farg‘ona)
40 kg. Yordonbek Muxtorjonov (Farg‘ona)
44 kg. Mustafo Abdumannonov (Farg‘ona)
48 kg. Firdavs Biloliddinov (Andijon)
52 kg. Hamidullo Ahmadjonov (Andijon)
56 kg. Muhammadsodiq Arslanbekov (Namangan)
60 kg. Sirojiddin Rahmonov (Sirdaryo)
65 kg. Abdulla Yuldoshev (Andijon)
+65 kg. Muhammadaliy Akemniyazav (QQR)
Qizlar (erkin yo‘nalish):
27 kg. Mushtariy Erkinova (Namangan)
30 kg. Madina Jo‘raeva (Qashqadaryo)
33 kg. Dilnura Jabborova (Qashqadaryo)
36 kg. Kibriyaxon Do‘sqobilova (Qashqadaryo)
40 kg. Sarvinoz Oltiboeva (Qashqadaryo)
44 kg. Maftunaxon Begiboeva (Navoiy)
48 kg. Gulyoraxon Odiljonova (Farg‘ona)
52 kg. Ruhshona Alhamova (Qashqadaryo)
+52 kg. Mohira Ro‘zimurodova (Qashqadaryo).
O‘g‘il bolalar (erkin yo‘nalish):
24 kg. Muhammaddiyor Abdumannopov (Andijon)
27 kg. Muhammadali Tursunov (Andijon)
30 kg. Xurshid Hazratov (Navoiy)
33 kg. Daurxan Turinboev (QQR)
36 kg. Zohid Samatov (Sirdaryo)
40 kg. Boyazidxon Ahmadaliev (Farg‘ona)
44 kg. Jalol Hojiea (Buxoro)
52 kg. Bilolxo‘ja Ibragimov (Qashqadaryo)
56 kg. Asadbek Cho‘liev (Qashqadaryo)
60 kg. Qudratillo Onarboev (Andijon)
65 kg. Ozodbek Qurbonov (Qashqadaryo)
+65 kg. Beksultan Maxsetbaev (QQR).
Musobaqada kuchli uchlikdan joy olgan sportchilar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanishdi.
Fikrlar