Coca Cola Superliga. 10-tur bahslari bo‘lib o‘tadimi?
Xabaringiz bor, 21-23 iyul kunlari Coca Cola Superligasida 10-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tishi lozim. Hozirga qadar Qarshi shahrida kechishi kutilayotgan “Nasaf” — “So‘g‘diyona”, Olmaliqdagi AGMK — “Lokomotiv” va Navoiydagi “Qizilqum” — “Buxoro” uchrashuvlarini o‘tkazish bilan bog‘liq muammolar yo‘q. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar bermoqda.
Qolgan barcha uchrashuvlar masalasiga ertaga oydinlik kiritiladi. Ertaga barcha klublar rahbarlari va bosh murabbiylari bilan onlayn videokonferentsiya o‘tkaziladi.
"O‘zPFL futbol jamoatchiligidan bugungi vaziyatni to‘g‘ri tushunishni so‘raydi hamda noqulayliklar uchun uzr so‘raydi. Shuningdek, barcha o‘zgarishlar rasmiy saytda o‘z vaqtida yoritib borilishini ma’lum qiladi", - deyiladi xabarda.
10-tur
21 iyul, seshanba
19:00 SURXON — NAVBAHOR
19:00 NASAF — SO‘G‘DIYoNA
22 iyul, chorshanba
19:00 MASh’AL — ANDIJON
19:00 AGMK — LOKOMOTIV
23 iyul, payshanba
19:00 QO‘QON-1912 — PAXTAKOR
19:00 QIZILQUM — BUXORO
19:00 BUNYoDKOR — METALLURG

Fikrlar