Coca-Cola Superliga. Bugun 8-turga start beriladi

  • 10.05.2019 08:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Coca-Cola Superliganing 8-tur uchrashuvlariga start beriladi. Kun doirasidan esa 2ta uchrashuv o‘rin olgan.

Dastlab soat 18:45da Jizzaxda “So‘g‘diyona” va “Andijon” jamoalari bahsi boshlanadi. Keyin esa soat 20:00dan boshlab Qarshidagi markaziy stadionda “Nasaf” hamda “Qizilqum” jamoalari uchrashuvi start oladi.

Ma’lumot uchun, “So‘g‘diyona” ayni damda 6 ochko bilan 13-o‘rinda, “Andijon” 7 ochko bilan 11-o‘rinda, “Nasaf” 10 ochko bilan 5-o‘rinda va “Buxoro” 6 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!