Coca-Cola Superliga. Bugun "Andijon" Farg‘onada Toshkentning "Paxtakor"ini qabul qiladi
Bugun Coca-Cola Superliganing 9-turi start oladi. Turning ilk uchrashuvi “Andijon” va “Paxtakor” o‘rtasida kechadi.
Ta’kidlash kerakki, uchrashuvga bir kun qolganda o‘yin o‘tkaziladigan joy o‘zgardi. Ushbu bahs avval aytilganidek “Sog‘lom Avlod”da emas, balki Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadionida o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, “Paxtakor” ortda qolgan sakkizta turdan so‘ng 20 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Hisobida 7 ochko bo‘lgan “Andijon” esa 12-o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Andijon” – “Paxtakor” bahsi soat 18:30da boshlanadi.
Fikrlar