Coca Cola Superliga. Bugun ikkita derbi bo‘lib o‘tadi
Bugun Coca Cola Superligasida 12-tur bahslari start oladi. Kun doirasidan 3 ta bellashuv o‘rin olgan bo‘lib, soat 18:30 da "Qo‘qon-1912" — "Andijon" uchrashuvi boshlanadi. Vodiy derbisiga parallel ravishda "Paxtakor" hamda "Lokomotiv" o‘rtasidagi poytaxt derbisi ham bo‘lib o‘tadi.
19:00 da esa muxlislarni yana bir qiziqarli qarama-qarshilik kutib turibdi. O‘tgan tur "Paxtakor"dan yirik hisobda mag‘lub bo‘lgan "Nasaf" bu tur Toshkentning boshqa bir jamoasi — "Bunyodkor"ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar