
Dadahon Hasanov Habib Nurmagomedov tashrif buyuradigan kechada jang qiladi
18 iyun kuni Qozog‘istonning Almata shahrida professional MMA bo‘yicha Habib Nurmagomedovga tegishli bo‘lgan EFC promousheni o‘zining navbatdagi jang kechasini tashkil etadi. Biz uchun ahamiyatli jihati mazkur kechaga hamyurtimiz Dadahon Hasanov ham oktagonga ko‘tariladi. Unga tojikistonlik Rajabali Fayzidini raqiblik qiladi. Shuningdek, jang kechasiga Habib Nurmagomedovning tashrifi ham kutilmoqda.
31 yoshli Hasanov MMA kechalarining nufuzli markaziy janglarida referilik faoliyati bilan ham shug‘ullanib kelmoqda. U hozirga qadar 16 ta jang o‘tkazib, ulardan 10 tasida g‘alaba qozongan. Bu borada Fayzidini 10 marta oktagonga ko‘tarilgan va 6 bora raqiblarini mag‘lub etishga erishgan.
Mazkur jangda hamyurtimizga omad tilaymiz!
Fikrlar