Dahshatli o'tgan "MANGU 01" turnirining barcha natijalari bilan tanishing!

  • 08.02.2026 02:01
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Jasur Alijonov asos solgan MANGU MMA ligasining ilk turniri yakunlandi. Quyida super o‘tgan janglarning natijasi bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

Prelim kard:

Behruz Isroilov 2-raundda Elimsa Jandovletni texnik nokautga uchratdi;

Solomon Demin ochkolar evaziga Muxamadaliev Asadbekni mag‘lub etdi;

Turaxonov 1-raundda Azis Usmanovni texnik nokaut qildi;

Baxrom Ro‘ziev va Ahmadi Abdul Fahad to‘qnashuvi durrang natija bilan yakunlandi;

Xabirov Ayom ochkolar bo‘yicha Shaxzod Yo‘ldoshovni taslim etdi;

Shukurjon Abdurahimov hakamlarning yakdil qarori bilan Magomed Isayevni yengdi;

Islom Baltaev 1-raunddayoq Nikolay Kudrinskiyni texnik nokautga uchratdi;

Anis Yakubov 1-raundda Utemissovdan texnik nokaut evaziga ustun keldi;

Suxrob Mirzavaliev 2-raundda Piriev Kayyarni sabmishn orqali yengdi;


Asosiy kard:

Suxrobbek Atajanov 1-raunddayoq Ibramxalilov Elxanni nokautga uchratdi;

Muxiddin Mamajanov hakamlar qaroriga ko‘ra Amanbaev Rustambekdan ustun keldi;

Furqatbek Yoqubov 2-raundda Nildo Nascimento ustidan texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi;

Amirxon Alixojaev 1-raundda Magomed Salievdan nokautga uchradi;

Ramazon Temirov va Azat Maqsum o‘rtasida BJJ qoidalariga ko‘ra o‘tgan bahs jangovar durrang bilan yakunlandi;

Xotam Boynazarov 2-raundda Magomed Xabib Ramazanov ustidan sabmishn evaziga zafar quchdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!