Dakar rallisi qizg‘in pallada

BEPUL PROPAN

Ralli bo‘yicha Dakar musobaqasining 5-bosqichining Mototsikllar o‘rtasidagi poygalarda Xoan Barreda Bort (Ispaniya, «Xonda») birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Mattias Valkner (Avstriya, «KTM») ikkinchi pog‘onadan joy oldi. Shohsupaning uchinchi pog‘onasi Kevin Benavides (Argentina, «Xonda»)ga nasib etdi.

Kvadrotsikllar o‘rtasida Nikolas Kavilyaso (Argentina, «Yamaxa»), Ignasio Kasale (Chili, «Yamaxa») va Aleksis Ernandes (Peru, «Yamaxa») g‘olib va sovrindorlarga aylandi

Yo‘l tanlamas avtomobillarida Stefan Peteransel (Frantsiya, «Pejo»), Bernard ten Brinke (Niderlandy, «Toyota») hamda Jinel de Villers (JAR, «Toyota») kabi maxoratli poygachilar barcha raqiblarini ortda qoldirdi.

Yuk avtomobillari o‘rtasida Eduard Nikolaev (Rossiya, «KAMAZ») birinchi, Sergey Vyazovich (Belarus, «MAZ») ikkinchi va Ton van Genugten (Niderlandy, «Iveko») uchinchi o‘rin bo‘ldi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!