Dalich: "Bu bronza oltinga teng qiymatda qabul qilindi"

  • 20 dekabr, 2022, 15:39
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich terma jamoaning JCh-2022dagi ishtiroki haqida gapirdi.

Tecno

Ayni dam mening mundialdan keyingi kayfiyatim yomon emas. Xorvatiya bilan birgalikda bu bosqichgacha kelganimizdan faxrlansa arziydi. Buni hech kim kutmagan edi, kichikroq imkoniyatimizni hisobga olgan holda, biz qilayotgan ishlar shunchaki mo‘jizadir. Hozir qish bo‘lishiga qaramay ko‘plab muxlislar terma jamoa bazasi oldida bizni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Bu bronza oltinga teng qiymatda qabul qilindi. Tarkibimizda yosh futbolchilar ko‘p, lekin ular Modrich, Perishich, Kovachich kabi tajribali o‘yinchilarsiz hech narsa qila olmagan bo‘lardi. Kuch birdamlikda", - dedi Dalich.

Eslatib o‘tamiz, Xorvatiya terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tgan JCh-2022da yarim finalgacha etib keldi. Dalich shogirdlari 3-o‘rin uchun o‘yinda Marokash terma jamoasini mag‘lub etib (2:1) bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!