
Dana Uayt: "Bob Arum - dunyodagi eng yoqimsiz odam"
UFC prezidenti Dana Uayt boks olamidagi taniqli shaxslardan biri Bob Arum haqida gapirdi.
"Men Bobdan nafratlanaman, u dunyodagi eng yoqimsiz odam. Biroq unga ba’zi taraflama o‘xshagim keladi. Nega deysizmi? Qarang, u hozir 94 yoshda. Biroq dunyoning qaysi burchagida katta janglar tashkil etilsa, o‘sha joyda xar doim hozir-u nozir. Unga havas qilaman. Men ham hech bo‘lmaganda 80 yoshda u kabi tetik bo‘lishni istayman" - dedi UFC prezidenti Taker Karlsonga.
Ma’lumot uchun, Bob Arum va Dana Uayt o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchiliklar uzoq yillardan beri davom etib keladi.
Fikrlar