Dana Uayt Eddi Xirnni keskin tanqid qildi!
UFC prezidenti Dana Uayt britaniyalik taniqli promouter Eddi Xirn haqida keskin fikr bildirdi.
“Xirn o‘zini aqldan ozgan odamdek tutadi. Go‘yo u resling stsenariysini o‘qigandek. Eddi aytgan gaplaridan hech birini amalga oshirish niyatida emas”, — dedi Uayt "Championship Round" nashriga bergan intervyusida.
Shuningdek, Dananing promouterni beparvo va baland ovozda bayonotlar bilan e’tiborni jalb qilishga harakat qilayotganini ta’kidladi.

Fikrlar