Dana Uayt: "Xabib – Konor raqobati UFC dagi eng kuchlisi emas, eng zo‘ri..."
UFC prezidenti Dana Uayt amerikaliklar – Jon Jons va Daniel Kormye oʻrtasidagi raqobatni promoushen tarixidagi eng kuchlisi, deb atadi.
"Xabib – Konor raqobati UFC dagi eng kuchlisi emas. Men tashkil etgan eng raqobatli jang – Jons va Kormye toʻqnashuvi! Ularning ilk janjali "MGM Grand" mehmonxonasining vestibulida boshlangan. Ha, oʻshanda Deyv Sholler hammasini bartaraf etgandi. Ochiq, bu ikki jangchi oʻrtasida turganda eng qiyin narsa — yaxshi surat tushirish emas. Asosisi — ularning bir-biriga tegmasligi, hurmatsizlik qilmasligiga ishonch hosil qilish. Agar kimdir oʻzini haqoratlangan deb his qilsa, darhol javob qaytaradi va oʻsha paytda ular uchun sening kim ekaning mutlaqo ahamiyatsiz boʻlib qoladi", - dedi UFC rahbari.
Eslatib oʻtamiz, Jon Jons va Daniel Kormye ikki bor UFC oktagonida oʻzaro kurash olib borgan. Birinchisida Jons hakamlarning yakdil qaroriga koʻra gʻalaba qozongan boʻlsa, ikkinchisida taqiqlangan zarba tufayli bahs bekor qilingan.
Fikrlar