
Daniel Korme: "Iliya Topuriya va Arman Tsarukyan badavlat oilada tug‘ilgan"
Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Daniel Korme engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriya va ushbu divizionning etakchi vakillaridan biri Arman Tsarukyan haqida ba’zi gaplarni ochiqladi.
"Ma’lum bo‘lishicha, Topuriya badavlat oiladan ekan. Ya’ni u UFC ga qo‘shilgunga qadar ham boy bo‘lgan. Tsarukyan ham xuddi shunday. Ikki boy yigit UFC kamari uchun kurashishini tasavvur qila olasizmi? Bu juda g‘alati!" - dedi Korme Cheyl Sonnen bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, "UFC 317" turnirida Topuriya sobiq chempion Charlz Oliveyrani birinchi raunddayoq nokaut uchratdi.
Fikrlar