
Daniel Korme: "Xamzat Chimaev UFC reytingida Merab Dvalishvilidan yuqori o‘rinda bo‘lishi kerak"
Drikus Dyu Plessiga qarshi g‘alabadan so‘ng Xamzat Chimaev vazn toifasidan qat’i nazar UFC ning eng yaxshi jangchilari reytingida o‘n pog‘ona ko‘tarilib, to‘rtinchi o‘rinni egallagandi. Biroq Daniel Korme "Borz" UFC P4P reytingida uchinchi o‘ringa qo‘yish zarurligini aytib o‘tdi
"Xamzat uchinchi o‘rinda bo‘lishi kerak. Chunki u o‘rta vaznga ko‘tarilib, chempionga aylandi. Merab esa boshqa vazn toifalarida jang qilmagan. Shu bois Chimaev Islom Maxachev va Iliya Topuriya bilan bir qatorda, Dvalishvilidan oldinda turishi lozim", – dedi Korme "Good Guy, Bad Guy" dasturida.
Quyida ayni damdagi P4P reytingi bilan tanishishingiz mumkin.
Fikrlar