Danilo: "Real"ni sog‘inyapman

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning “Manchester Siti” klubi himoyachisi Danilo sobiq jamoasi “Real”ni sog‘inayotganligini aytdi.

“Zidan va Gvardiola – ikki buyuk murabbiylar. “Real”dagi ikki yillik faoliyatim davomida Zidan bilan ajoyib munosabatlarni o‘rnatdim, endi esa Gvardiola qo‘l ostida ham yaxshi o‘yin ko‘rsatyapman.

“Manchester Siti”da meni hammadan ko‘proq Jezus ajablantirdi. Nega? Chunki, u endigina 20 yosh bo‘lishiga qaramay, ajoyib o‘yinlar ko‘rsatmoqda.

Bizda ajoyib tarkib bor, biroq, uni yanada kuchaytirish mumkin. Messi – daho. Albatta, men ham u bilan bir jamoada o‘ynashni orzu qilaman. Lekin, to‘g‘risini aytsam “Real”ni sog‘indim. Men Madridda ikki ajoyib mavsumni o‘tkazdim va ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritdim. Ammo, hozir faoliyatimda yangi sahifa ochish vaqti keldi”, - deydi Danilo.

Eslatib o‘tamiz, braziliyalik futbolchi “shaharliklar”  tarkibiga o‘tgan yozgi transferlar davrida “qirollik klubi”dan ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!