
Darmian MYu rahbariyatidan o‘zini transferga qo‘yishni so‘radi
"Manchester Yunayted" klubi himoyachisi Matteo Darmian jamoadan ketmoqchi va Italiyaga qaytmoqchi.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli italiyalik futbolchi o‘zini transferga qo‘yishni so‘rab MYu rahbariyatiga murojaat qilgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Darmianga "Yuventus", "Fiorentina" va "Inter" kabi A Seriya grandlaridan qiziqishlar mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Darmian o‘tgan mavsum APLda bor yo‘g‘i 6ta o‘yinda maydonga tushdi xolos. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan. Uning transfer narxi esa 10 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar