
Darvozabon barcha zamonlar rekordini o‘rnatdi
Angliya terma jamoasi o‘z maydonida Uelsga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida 3:0 hisobida zafar quchdi. O‘yinda gollarni Morgan Rojers, Olli Uotkins va Bukayo Saka kiritdi.
Biroq uchrashuv qahramoni Angliya milliy terma jamoasi darvozasini qo‘riqlagan Jordan Pikford bo‘ldi. “Everton”ning 31 yoshli vakili Angliya terma jamoasi tarixida ketma-ket sakkizta uchrashuvda to‘liq ishtirok etib, o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan birinchi darvozabon bo‘ldi.
Bu rekordni statistik ma’lumotlar markazi Opta mutaxassislari ham qayd etib qo‘yji.
Pikfordning quruq seriyasi o‘tgan yilning noyabr oyidan boshlangan. O‘shanda angliyaliklar Millatlar ligasi doirasida Gretsiyadan 3:0 hisobida ustun kelgandi.
Tajribali posbon bosh jamoa darvozasini 2017 yildan beri qo‘riqlab keladi va hozirga qadar 79 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Fikrlar