Darvozabonni o‘lim bilan qo‘rqitib, olti gol o‘tkazib berishga majbur qilishdi

  • 16.09.2026 07:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Boliviyada juda g‘alati holat qayd etildi. Mahalliy «Guabira» klubi navbatdagi uchrashuvida maydonni yirik hisobda tark etdi — jamoa «Oluweis Redi»ga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuvdan so‘ng «Guabira» bosh murabbiyi Leonardo Eges kutilmagan bayonot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoa darvozaboni Manuel Ferrel o‘yin oldidan qattiq ruhiy bosim ostida qolgan. Aytishicha, u bir kun avval noma’lum shaxslardan tahdidli xabarlar olgan — faqat o‘ziga emas, balki oila a’zolariga nisbatan ham.

Egesning ta’kidlashicha, bu tahdidlar orqali darvozabonni «o‘z jamoasiga qarshi qandaydir ish qilishga» undashga urinaganlar. Bu haqida derbyderbyderby.it nashri xabar berdi. Shu bilan birga, murabbiy nega o‘yin oldidan darvozabonni zahiraga olish yoki almashtirishga qaror qilmagani borasida izoh bermadi.

Mazkur holat bo‘yicha Boliviya prokuraturasi tekshiruv boshlagani ma’lum qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!