Dastin Pore: "Oxirgi jangim qonli tarzda kechadi"
Engil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Dastin Pore faoliyatidagi so‘nggi jangini o‘tkazishini aytdi.
“Siz uchun ajoyib yangiligim bor. Kuting, va’da qilinganidek, oxirgi jangim qonli tarzda kechadi. Tez orada ko‘rishguncha”, — deb yozdi amerikalik ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Pore o‘zining so‘nggi jangini 2024 yilning iyun oyida o‘tkazgan va unda amaldagi UFC chempioni Islom Maxachevdan beshinchi raundda mag‘lub bo‘lgandi.



Fikrlar