
Dastin Pore: "Yarim o‘rta vaznda yangi chempion paydo bo‘ladi"
Taniqli UFC jangchisi Dastin Pore rossiyalik Islom Maxachevning yarim o‘rta vazn toifasidagi imkoniyatlarini baholadi.
"Xalqaro janglar haftaligida Topuriya va Maxachev o‘rtasidagi to‘qnashuvni ko‘rishni barcha istaydi. Menimcha, aynan mana shu bahsdan so‘ng Islom yarim o‘rta vaznga ko‘tariladi. Uning jismoniy imkoniyati ham bu uchun etarli. O‘ylashimcha, bu divizion yangi chempion paydo bo‘ladi" - dedi amerikalik "The Ariel Helvani" You Tube kanaliga intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi jangida Maxachev braziliyalik Renato Moykanoni, Topuriya esa amerikalik Maks Xolloueyni mag‘lub etgandi.
Fikrlar